Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Ukraina 2027 yilgacha YeIga a’zo bo‘lishini talab qilmoqda
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ayrim Yevropa davlatlari qarshiligiga qaramay, mamlakatining 2027 yilgacha Yevropa Ittifoqi (YeI)ga a’zo bo‘lishini talab qilishda davom etmoqda. U seshanba, 27 yanvar kuni Avstriya federal kansleri Kristian Shtokker bilan telefon orqali suhbatdan keyin shunday dedi.
Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official
“Yevropa Ittifoqiga a’zolik — nafaqat biz, balki butun Yevropa uchun ham xavfsizlikning asosiy kafolatlaridan biri. Chunki Yevropaning umumiy kuchi, jumladan, Ukrainaning xavfsizlik, texnologiya va iqtisodiy hissasi tufayli ham mumkin”, — dedi Zelenskiy.
Ukraina rahbarining ta’kidlashicha, aynan shu sabab Kiyev YeIga tezroq a’zo bo‘lishni talab qilmoqda va bu yo‘lda sheriklar qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda.
Avstriya hukumati rahbari bilan muzokaralar chog‘ida Volodimir Zelenskiy Avstriyaga Ukraina energetika sektoriga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi va Kristian Shtokkerni qariyb to‘rt yildirki Rossiyaning keng ko‘lamli bosqiniga qarshi kurashib kelayotgan Ukrainaga tashrif buyurishga taklif qildi.
“Rossiya har kuni ukrainlarni yorug‘lik va issiqliksiz qoldirish uchun energetikaga zarba beryapti, sheriklar bunga munosabat bildirishi juda muhim. Shuning uchun o‘tgan hafta Avstriya energetika sektorimizni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratganini juda qadrlaymiz”, — dedi Zelenskiy.
Shuningdek, u Shtokkerga Abu-Dabida o‘tgan Ukraina, AQSh va Rossiya delegatsiyalari ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuvlar mazmuni haqida ham ma’lumot bergan.
Hozircha Ukraina uchun YeIga tezlashtirilgan tarzda a’zo bo‘lish istiqboli mavjud emas. Ukraina — nomzod davlat va Yevrokomissiya mamlakatning asosiy islohot talablarini bajarishdagi taraqqiyotini tasdiqlamoqda. Biroq Vengriya vetosi sabab Kiyev haligacha YeIga kirish bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlay olmayapti. A’zolik shartlari haqida norasmiy maslahatlashuvlar esa davom etmoqda.
Mavzuga oid
14:42
Kiyev: Tramp 15 maygacha tinchlik shartnomasini tuzishga intilmoqda
11:50 / 27.01.2026
Zelenskiy: Ukraina, Rossiya va AQShning yangi uchrashuvi 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadi
11:30 / 27.01.2026
Abu-Dabi muzokaralari fonida Ukrainaga hujumlar kuchaydi
09:33 / 27.01.2026