Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Benzin sifati shubha uyg‘otsa, qayerga murojaat qilish kerak?
Agar yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilgan avtobenzin sifatiga shubha tug‘ilsa, iste’molchi chekni saqlagan holda va zarur hujjatlar bilan O‘zenergoinspeksiyaga murojaat qilishi lozim. Mutaxassislar sifat tekshiruvi qanday tartibda amalga oshirilishini tushuntirdi.
Foto: Kun.uz
Ma’lum qilinishicha, avvalambor yonilg‘i sotib olingan AYoQShning to‘liq nomi va manzili, shuningdek, mahsulot uchun to‘lov qilinganini tasdiqlovchi chek saqlangan bo‘lishi shart. Bu keyingi murojaatlarni rasmiylashtirish uchun asosiy dalil hisoblanadi.
Agar avtotransport vositasi dvigatelidagi nosozlik aynan sifatsiz yonilg‘i oqibatida kelib chiqqan deb hisoblansa, u holda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tomonidan berilgan rasmiy xulosa talab etiladi.
Muhim jihat: amaldagi qoidalarga ko‘ra, avtotransport vositasining yonilg‘i bakidan namuna olib, uning sifatini tahlil qilish ko‘zda tutilmagan. Sifat tekshiruvi faqat shubha tug‘ilgan AYoQShda saqlanayotgan neft mahsulotlaridan belgilangan standartlar asosida namuna olish orqali amalga oshiriladi va ushbu namuna kimyo-nazorat laboratoriyalarida tahlil qilinadi.
Shu bois, shubha tug‘ilgan holatlarda sifatsiz yonilg‘ining iste’molchilarga tarqalishining oldini olish maqsadida, fuqarolardan darhol O‘zenergoinspeksiyaning ishonch telefoniga — (71) 208-10-15 orqali murojaat qilish so‘ralmoqda.
Mavzuga oid
14:51 / 31.03.2026
Toshkentdagi barcha avtomobillarga yil oxirigacha eko-stiker beriladi
09:04 / 28.03.2026
Rossiya benzin eksportini to‘xtatdi
18:09 / 16.03.2026
Yaqin Sharqdagi urush O‘zbekistondagi benzin narxlariga qanday ta’sir qilyapti?
10:10 / 11.03.2026