Iqtisodiyot | 13:42
552
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi obektlar qurilishining qariyb yarmi kichik biznes hissasiga to‘g‘ri keldi

2025 yil yanvar–dekabr oylarida mamlakatda yangi obektlar qurilishi bo‘yicha qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 150 trln so‘mlik ishlar bajarilgan. Ularning jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 47,8 foizni tashkil etgan.

Foto: Kun.uz

Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan raqamlarga ko‘ra, O‘zbekistonda yangi obektlar qurilishida asosiy ulushni kichik korxona va mikrofirmalar bajarmoqda. 2025 yil davomida mazkur toifadagi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan umumiy hisobda 150 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, yangi obektlar qurilishi bo‘yicha jami qurilish ishlari hajmida kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 47,8 foizga yetgan. Bu esa mamlakatda qurilish bozorida kichik biznesning ishtiroki yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Yangi obektlar qurilishining korxona turlari bo‘yicha ulushi quyidagicha taqsimlangan:

  • yirik korxonalar — 26,4 foiz;
  • kichik korxona va mikrofirmalar — 47,8 foiz;
  • norasmiy sektor — 25,8 foiz.

Mazkur ko‘rsatkichlar yangi qurilish loyihalarini amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tashabbuslar muhim o‘rin tutayotganini anglatadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid