Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida mansabdor 7 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Toshkent viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi direktori o‘rinbosari pudratchi tashkilot manfaati uchun qaror chiqartirib berish evaziga pora olgan vaqtida qo‘lga olindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi direktori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali shartnoma qiymati 2 mlrd 73 mln so‘m bo‘lgan obektni kapital ta’mirlash bo‘yicha g‘olib deb topilgan pudratchi tashkilotning hisob raqamiga bo‘nak sifatida 1,1 mlrd so‘m mablag‘ o‘tkazib berganligi evaziga muqaddam MChJ rahbaridan tamagirlik yo‘li bilan 2 ming AQSh dollari olgani qayd etildi.
Shuningdek, mansabdor shaxs jinoiy harakatini takroran davom ettirib, pudratchi tashkilot tomonidan qurilish ishlari belgilangan muddatlarda bajarilmagani sababli undan 643 mln 530 ming so‘m penya undirish bo‘yicha Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan da’vo arizasidan voz kechish orqali MChJ foydasiga ajrim chiqartirib bergani evaziga 5 ming AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida fosh etildi.
Ma’lum qilinishicha, u Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
16:45 / 16.03.2026
Xizmat burchini bajarayotib vafot etgan bekobodlik xodimga ham uy beriladimi?
13:08 / 16.03.2026
Qoraqalpog‘istonda yo‘l qurish loyihasi bo‘yicha 10 ming dollar talab qilgan mansabdor ushlandi
08:26 / 16.03.2026
Soliq qarzini kechiktirish evaziga pul so‘ragan mansabdor fosh etildi
08:30 / 12.03.2026