Iqtisodiyot | 11:45
620
2 daqiqa o‘qiladi

Turk kapitali ishtirokidagi bizneslar: asosiy ulush Toshkent shahrida

2026 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida jami 2 137 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning katta qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.

Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yilning 1 yanvar holatiga mamlakatda Turkiya kapitali ishtirokida 2 137 ta korxona faoliyat olib bormoqda.

Qayd etilishicha, mazkur korxonalarning: 496 tasi — qo‘shma korxona, 1 641 tasi — xorijiy korxona hisoblanadi.

Hududlar kesimida eng ko‘p Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar Toshkent shahrida — 1 305 ta ekani ko‘rsatilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (298 ta) va Samarqand viloyati (115 ta) qayd etilgan.

Shuningdek, Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni hududlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Toshkent shahri – 1 305 ta;
  • Toshkent viloyati – 298 ta;
  • Samarqand viloyati – 115 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 70 ta;
  • Andijon viloyati – 58 ta;
  • Jizzax viloyati – 55 ta;
  • Buxoro viloyati – 43 ta;
  • Namangan viloyati – 43 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 31 ta;
  • Xorazm viloyati – 30 ta;
  • Navoiy viloyati – 30 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 23 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 18 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 18 ta.

Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy ko‘rsatkichning katta qismi poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelishi Toshkent shahrida biznes muhiti, logistika imkoniyatlari va bozor infratuzilmasi nisbatan rivojlangani bilan izohlanishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid