Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Mersni “haqiqiy lider” deb atadi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Germaniyaga “ushbu urushning ilk kunlaridan boshlab” ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi va Germaniya kansleri Fridrix Mers “haqiqiy liderlikni namoyon etayotgani”ga ishonch bildirdi. Zelenskiy 29 yanvar, payshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida Germaniya hukumati rahbari bilan telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.
Ukraina davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, Berlin “ukrainaliklar hayotini saqlab qolish va Rossiya tajovuzidan himoyalanish qobiliyatimiz” uchun “nihoyatda katta hissa” qo‘shmoqda. “Men hamkorligimizdagi muvofiqlashuvni juda qadrlayman”, — deya ta’kidladi Zelenskiy.
Ukraina rahbari Germaniyaning Kiyevni himoya qilishdagi ko‘magi ko‘p jihatdan Yevropaning boshqa davlatlari ko‘magidan ham ko‘lami bo‘yicha eng kattalaridan biri ekanini qayd etdi.
“Aynan nemislarning Patriot va IRIS-T tizimlari energetikamizning va shaharlarimizning salmoqli qismini himoya qilmoqda. Hozirning o‘zida ham energetika sohasiga muhim yordam paketi mavjud”, — dedi prezident. “Har bir bunday qadam Ukrainani yanada kuchaytiradi. Shunchalik sezilarli qo‘llab-quvvatlov uchun rahmat!” — deb qo‘shimcha qildi u.
Volodimir Zelenskiy suhbat chog‘ida Ukraina va Germaniya jamoalarining birgalikdagi ishi, shuningdek kelasi hafta Yevropadagi hamkorlar bilan o‘zaro harakatlar ham muhokama qilinganini aniqladi. Ukraina rahbari Berlinga mamlakatni tiklash ishlarida ham yordam berishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.
Germaniya hukumati vakili Shtefan Kornelius ma’lum qilishicha, suhbat davomida Mers Rossiya hujumlari oqibatida Ukraina fuqarolik energetika infratuzilmasining “tizimli va shafqatsiz yo‘q qilinishi” davom etayotganini qat’iy tarzda qoralagan. Germaniya hukumati rahbari ta’kidlashicha, Germaniya yordam paketi Ukraina havo mudofaasini qo‘llab-quvvatlash vositalarini, shuningdek blokli issiqlik elektr stansiyalari (modulli IES) va generatorlarni o‘z ichiga oladi.
Ikki lider ham o‘t ochishni to‘xtatishga erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatladi. Kornelius ta’kidlaganidek, Berlin Ukraina uchun “adolatli va barqaror tinchlik”ka sodiq.
Fridrix Mers 28 yanvar kuni Berlinda hukmron konservativ blok XDI/XSI va Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) rahbarlari ishtirok etgan koalitsiya qo‘mitasi yig‘ilishidan so‘ng, Germaniya AQSh va Ukraina delegatsiyalari bilan yaqin aloqada ekanini bildirgan.
“Biz ham birgalikda hujjatlarni tayyorladik, va ayni paytda, eng avvalo, Ukraina bilan Rossiya tomoni o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borilayotgani yaxshi. Biz ular imkon qadar tezroq natija berishiga umid qilamiz”, — dedi kansler. U shunday qo‘shimcha qildi: muzokaralar doirasida GFR vositachi sifatida chiqmayapti, balki Ukrainaga ushbu urushni yakunlashga intilishida ittifoqchi hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:24 / 20.06.2026
Zelenskiy Polshaning eng oliy ordenidan mahrum etildi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026