Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda jinoyatchilikka qarshi kurashishning yangi bosqichi boshlandi
Toshkent shahar Chilonzor tumanida xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini ishonchli ta’minlash masalalari bo‘yicha shaxsiy tarkib uchun kengaytirilgan xizmatoldi yo‘riqnomasi bo‘lib o‘tdi.
Foto: IIV
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi rahbari general-leytenant Aziz Toshpo‘latov ishtirokida Toshkent shahrining huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari va xodimlari, Chilonzor tuman hokimi hamda hamkor tashkilotlar mas’ullari ishtirok etgan kengaytirilgan xizmatoldi yo‘riqnomasi tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston prezidenti tomonidan poytaxtda o‘tkazilgan tanqidiy selektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilinib, uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatchilik va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha «poytaxt namunasi»ni Chilonzor tumanida joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanishicha, tuman aholisi va transport oqimining ortishi xavfsizlikni ta’minlashda yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Shu bois kriminogen omillarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan tizimli ishlarni kuchaytirish ustuvor vazifa etib belgilandi.
Yo‘riqnoma davomida patrul-post, yo‘l-patrul, qo‘riqlash va profilaktika xizmatlarining tun-u kun, uch smenali xizmatini samarali tashkil etishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan asosiy jihatlar tushuntirildi. Aksariyat jinoyat va huquqbuzarliklar tungi vaqtga to‘g‘ri kelayotgani inobatga olinib, tungi xizmatga alohida mas’uliyat bilan yondashish zarurligi qayd etildi.

Mas’ullarga har bir kelib tushgan xabar bo‘yicha voqea joyiga naryadlarning 5 daqiqa ichida yetib borishini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, tuman hokimligi tomonidan o‘z hududida namunali xizmat faoliyatini tashkil etgan profilaktika inspektorlarini doimiy rag‘batlantirish masalalari yo‘lga qo‘yilishi bildirildi.

Yo‘riqnoma yakunida xizmat vazifasini bajarishda safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari vazir hamda tuman hokimligi tomonidan taqdirlandi. Tadbirdan so‘ng shaxsiy tarkib va biriktirilgan mas’ullar belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash uchun mahallalarga yo‘naltirildi.


Mavzuga oid
19:02 / 01.04.2026
“Texpasport”ning amal qilish muddati 2026 yil 1 apreldan keyin olingan guvohnomalarga taalluqli bo‘ladi
10:09 / 31.03.2026
Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi
15:37 / 19.03.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyev IIVda so‘roq qilinmoqda
14:51 / 17.03.2026