Iqtisodiyot | 15:50
770
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri BAA sarmoyasi bo‘yicha yetakchi hududga aylandi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda BAA kapitali ishtirokida jami 414 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning aksariyati Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qayd etilishicha, mazkur korxonalarning 141 tasi qo‘shma korxona, ya’ni mahalliy va xorijiy sheriklik asosida tashkil etilgan bo‘lsa, 273 tasi to‘liq xorijiy korxona hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar ikki davlat o‘rtasidagi investitsion hamkorlik izchil rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida taqsimot:

  • Toshkent shahri — 304 ta;
  • Toshkent viloyati — 32 ta;
  • Samarqand viloyati — 16 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 11 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 8 ta;
  • Andijon viloyati — 8 ta;
  • Buxoro viloyati — 7 ta;
  • Jizzax viloyati — 6 ta;
  • Namangan viloyati — 6 ta;
  • Navoiy viloyati — 5 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 4 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 4 ta;
  • Xorazm viloyati — 2 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 1 ta.

Tahlillarga ko‘ra, BAA kapitali ishtirokidagi korxonalarning qariyb 73 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa poytaxtning investitsiyaviy jozibadorligi va biznes infratuzilmasining rivojlangani bilan izohlanadi.

BAA investorlari ishtirokidagi korxonalar asosan qurilish, ko‘chmas mulk, savdo, energetika, sanoat, xizmat ko‘rsatish va logistika sohalarida faoliyat yuritmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va qo‘shma korxonalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid