Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar uchun individual reja ishlab chiqiladi
“Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga individual reja ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, oila reyestrga kiritilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida individual reja tayyorlanadi.
Nizomga muvofiq, oila “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgandan so‘ng 3 ish kuni ichida oila yashaydigan mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali, ijtimoiy xodim esa axborot moduli orqali individual rejani ishlab chiqadi.
Individual reja oilaning imkoniyatlari, ko‘nikmalari, qiziqishlari va fikri, yashash sharoiti, shuningdek, reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlar inobatga olingan holda shakllantiriladi. Rejada oilaga taqdim etiladigan xizmatlar, ularni taqdim etish tartibi va muddati, shuningdek, mas’ul davlat organlari ko‘rsatiladi.
Xizmatlar shakllantirilgandan so‘ng individual reja oilaning muomalaga layoqatli a’zosiga tanishtiriladi. Keyin esa “mahalla yettiligi” tomonidan 2 ish kunida ko‘rib chiqilib, oddiy ko‘pchilik ovozi asosida rejani tasdiqlash yoki qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarish haqida qaror qabul qilinadi.
Individual rejalarning ijrosi hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim tomonidan har 3 oyda kamida 1 marta o‘rganib boriladi.
Mavzuga oid
18:07 / 13.06.2026
“Ijtimoiy reyestr”dagi yosh oilalar uchun ijara xarajatlarini qoplash bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushdi
08:19 / 28.04.2026
O‘zbekistonda har ming oiladan 175 tasi ajrashadi – tadqiqot
18:07 / 07.03.2026
Andijonlik qiz kelinlik uyiga 800 ta kitobdan iborat sep bilan bordi
14:44 / 03.02.2026