Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Jizzax shahri quriladi
Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani o‘rtasidagi 40 gektar bo‘sh yer maydonida Yangi Jizzax shahri quriladi. Unda 1200 xonadonli 50 ta ko‘p qavatli uy barpo etiladi.
«2026–2027 yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar Jizzax viloyatini 2026–2027 yillarda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
- yalpi hududiy mahsulot hajmi yillik o‘rtacha 8,5 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,8 foizga, bozor xizmatlari hajmi 13,2 foizga hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 4,6 foizga o‘sishini ta’minlash;
- 2026 yilda ishsizlik darajasini 3 foizga va kambag‘allik darajasini 2,8 foizga tushirish, Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Baxmal, G‘allaorol, Do‘stlik, Zomin va Zafarobod tumanlarini kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish.
- Baxmal, G‘allaorol, Zomin, Forish va boshqa tumanlarning 57 ta bog‘dorchilikka ixtisoslashgan mahallalarida 5 ming gektar eski bog‘ va tokzorlarni yangilash belgilandi.
- Sharof Rashidov, Do‘stlik, G‘allaorol, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida 40 ta mahallani o‘z faoliyati bilan qamrab oluvchi 5 ta tadbirkorlik markazlari tashkil etiladi.
- Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani o‘rtasidagi 40 gektar bo‘sh yer maydoniga Yangi Jizzax shahrini joylashtirish hamda unda 1200 xonadonli 50 ta ko‘p qavatli uylarni qurish belgilandi.
Mavzuga oid
15:44 / 25.06.2026
Qurilish materiallari tarmog‘ida kreditini to‘lolmayotgan korxonalar uchun 50 mln dollar ajratiladi
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
12:19 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev qurilish materiallari sanoatida yangi tizim yaratishni topshirdi
11:36 / 23.06.2026