Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dron va yonkamerali tekshiruvlar: suvdan foydalanish monitoringi kuchaytiriladi
Suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida nazorat tizimi yanada kuchaytiriladi. Endilikda tekshiruvlar zamonaviy texnologiyalar - dron va yonkameralar orqali amalga oshiriladi.
Suvdan foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarning joriy etilishi ustidan davlat nazoratini takomillashtirish choralari belgilandi. Xususan, «Suvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalarida suv tejovchi texnologiyalar hamda suvdan foydalanishni monitoring qilish bo‘limlari tashkil etiladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarida inspeksiya tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarni yonkameralardan foydalangan holda amalga oshirish tartibi joriy etiladi. Bu shaffoflikni ta’minlash va tekshiruv jarayonlarida inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida suvdan foydalanish va suv isrofini monitoring qilish maqsadida uchuvchisiz uchish dronlaridan foydalanishga ruxsat beriladi. Bu esa katta hududlarni tezkor kuzatish, qoidabuzarliklarni aniqlash va suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash imkonini yaratadi.
Mazkur chora-tadbirlar suv resurslarini tejash va sohada hisobdorlikni oshirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
15:18 / 21.02.2026
Vasiylar faoliyati ustidan monitoring kuchaytiriladi - qaror loyihasi
09:32 / 07.02.2026
2027 yildan suvdan foydalanish solig‘i suv tejamkorligiga bog‘lanadi
21:25 / 03.02.2026
Prezident huzurida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
09:05 / 01.11.2025