Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada chumchuqlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi
Chumchuqlarni ro‘yxatga olish har yili ikki mavsumda - fevral va avgust oylarining ikkinchi va uchinchi dam olish kunlarida o‘tkaziladi.
7-15 fevral kunlari Rossiya bo‘ylab chumchuqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi «RIA Novosti» Rossiya qushlarni muhofaza qilish ittifoqi va Rossiyaning qanotli yirtqichlarni o‘rganish va muhofaza qilish tarmog‘i a’zosi Anna Mostovayaga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chumchuqlarni ro‘yxatga olish har yili ikki mavsumda - fevral va avgust oylarining ikkinchi va uchinchi dam olish kunlarida o‘tkaziladi.
«Fevral oyida chumchuqlarni butalarda sanash qulay, chunki aynan shu davrda ular baland ovozda chirqillaydi va hali ko‘payishga kirishmagan bo‘ladi», deb aniqlik kiritdi Mostovaya. Ro‘yxatga olishda uy chumchug‘i va dala chumchug‘i hisobga olinadi.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, ko‘plab mamlakatlarda chumchuqlar sonining keskin kamayishi kuzatilgan. Rossiyada hozircha bunday baho berish qiyin, chunki buning uchun 10-15 yil monitoring qilish zarur.
«Turlarning yashash joylariga asosli ta’sir ko‘rsatish va chumchuqlarni oziqlantirishni tashkil etishda ifodalanadigan insoniy g‘amxo‘rlik, mehr-muhabbat, hamdardliksiz qushlar yashay olmasligi aniq. Eslatib o‘tamiz, chumchuqlar ratsionining asosi tariq yoki suli (ya’ni qobiqsiz tariq) hisoblanadi. Sovuq kunlarda chumchuqlar qovurilmagan tuzsiz kungaboqar urug‘larini sevib iste’mol qiladi, qattiq sovuqlarda esa qishda odamlar turar joyiga yaqinroq uchib keladigan boshqa ko‘plab qushlar kabi yog‘dan ham voz kechmaydi», deb eslatdi ekspert.
Chumchuqlarni sanashda hamma ishtirok etishi mumkin: kuzatuvlar sayrlarda olib boriladi, ma’lumotlar (qushlar soni, fotosuratlar, koordinatalar) aksiya sayti/ilovasi orqali yuklanadi.
Chumchuqlarni ro‘yxatga olish – yagona misol emas. Butun dunyoda muntazam ravishda oddiy odamlar ishtirokida hayvonlarning ommaviy ro‘yxatga olish jarayoni o‘tkaziladi. Masalan, har yili fevralda dunyo bo‘ylab odamlar hovli va bog‘larda qushlarni sanaydi. Kuz oylari Yevropa bo‘ylab uchib o‘tuvchi qushlar sanaladi. Rossiya qushlarni muhofaza qilish ittifoqi o‘rdaklar, g‘ozlar, turnalar, yirtqich qushlar va boshqalarni hisobga oladi. Rossiyada bug‘ular, to‘ng‘izlar, bo‘rilar, tulkilar qordagi izlariga qarab sanaladi. Samolyot va dronlardan (ayniqsa okeanlarda) kitlar va delfinlar sanaladi. AQSh va Yevropada kapalaklar ro‘yxatga olinadi. Bularning barchasi hayvonlar sonining qisqarayotganini erta aniqlash, shaharlar ekologiyasi haqida tushunchaga ega bo‘lish, tabiatni muhofaza qilishni rejalashtirish, katta xarajatlarsiz ilmiy ma’lumotlar to‘plash, oddiy odamlarni ilm-fanga jalb qilish uchun zarurligi ta’kidlanadi.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026