Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuv o‘tkazganini ma’lum qildi. Tomonlar O‘zbekiston–Qozog‘iston munosabatlarining jadal rivojlanayotgani, parlamentlararo muloqot va hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilgan.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan. Suhbatda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida oliy darajadagi o‘zaro ishonch hamda yaqin muloqotga asoslangan munosabatlar izchil mustahkamlanib borayotgani qayd etilgan.

Shuningdek, tomonlar 2025 yil ikki tomonlama hamkorlik uchun muhim va samarali bosqich bo‘lganini mamnuniyat bilan e’tirof etgan.
Uchrashuvda parlamentlararo muloqotlar, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirish masalalari xususida fikr almashilgan.

Saida Mirziyoyeva mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik bundan buyon ham izchil rivojlanib borishiga ishonch bildirgan.
Mavzuga oid
17:38
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
17:54 / 07.07.2026