Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 1000 aholiga 31 ta tadbirkorlik sub’yekti to‘g‘ri keladi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda har 1000 aholiga o‘rtacha 31,7 ta tadbirkorlik sub’yektlari to‘g‘ri keladi. Hududlar kesimida Jizzax viloyati yetakchi, Qashqadaryo viloyati esa eng past ko‘rsatkich qayd etilgan hududlar qatorida.
Qo‘mita keltirgan ma’lumotlarga muvofiq, respublika bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlari zichligi 1000 aholiga 31 tadan ortiqni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich hududlardagi aholi soni, iqtisodiy faollik, xizmatlar sektori ulushi va biznes muhiti kabi omillarga bog‘liq ravishda farq qiladi.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax viloyatida — 61,0 ta bo‘lib, bu respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha yuqori. Keyingi o‘rinlarda Toshkent shahri — 45,3 ta va Xorazm viloyati — 44,8 ta ko‘rsatkichlari bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Sirdaryo (37,5 ta), Navoiy (37,1 ta) va Surxondaryo (36,0 ta) viloyatlarida ham 1000 aholiga to‘g‘ri keladigan tadbirkorlik sub’yektlari soni respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori.
O‘rta ko‘rsatkichlarga yaqin hududlar qatorida Buxoro — 35,3 ta, Andijon — 35,2 ta, Toshkent viloyati — 29,3 ta hamda Qoraqalpog‘iston — 27,9 ta keltirilgan.
Eng past ko‘rsatkichlar esa Namangan (24,8 ta), Samarqand (23,9 ta), Farg‘ona (22,3 ta) va Qashqadaryo (18,6 ta) viloyatlarida kuzatilgan.
Mutaxassislar bunday farqni hududlardagi iqtisodiy struktura, xizmatlar bozori hajmi, kichik biznesning rivojlanish darajasi hamda aholi zichligi bilan izohlaydi.
Mavzuga oid
12:32 / 03.07.2026
Hunarmandlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda
10:50 / 03.07.2026
O‘zbekistonda ayollar umr ko‘rish bo‘yicha erkaklardan oldinda
10:49 / 30.06.2026
Ro‘yxatga olish natijasida O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi
09:05 / 29.06.2026