Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TikTok foydalanuvchilarda qaramlik keltirib chiqaradi - Yevrokomissiya
Yevrokomissiya xulosasiga ko‘ra, TikTok’ning cheksiz «lenta», videoni avtomatik ko‘rsatish, push-xabarnomalar va yuqori darajada shaxsiylashtirilgan tavsiyalar tizimi kabi funksiyalari foydalanuvchilarda qaramlik keltirib chiqaradi.
Yevropa komissiyasi TikTok platformasining qaramlikka olib keluvchi dizayni Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun (DSA) talablarini buzishi mumkinligi haqidagi xulosasini e’lon qildi.
«Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik bolalar va o‘smirlarning rivojlanayotgan ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun platformalarga ulardan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni yuklaydi. Biz Yevropada farzandlarimiz va fuqarolarimizni internetda himoya qilish uchun qonunlarimizga rioya qilinishini ta’minlaymiz», — dedi YeK raisining ijrochi o‘rinbosari Xenna Virkkunen.
Yevrokomissiya xulosasiga ko‘ra, TikTok’ning cheksiz «lenta», videoni avtomatik ko‘rsatish, push-xabarnomalar va yuqori darajada shaxsiylashtirilgan tavsiyalar tizimi kabi funksiyalari foydalanuvchilarda qaramlik keltirib chiqaradi.
YeKning dastlabki o‘rganishlari TikTok qaramlikka olib keluvchi funksiyalar foydalanuvchilarning, jumladan, voyaga yetmaganlar va himoyaga muhtoj kattalarning jismoniy va ruhiy salomatligiga qanday zarar yetkazishi mumkinligini yetarlicha baholamaganini ko‘rsatmoqda. Masalan, TikTok’ning ayrim dizayn elementlari foydalanuvchilarni doim yangi kontent bilan «mukofotlab», «lenta»ni uzluksiz aylantirish istagini kuchaytiradi va miyani «avtopilot rejimi»ga o‘tkazadi, deya izohlashmoqda Bryusseldagilar.
«Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bu kompulsiv fe’l-atvorga olib keladi va foydalanuvchilarning o‘zini nazorat qilish qobiliyatini pasaytiradi», — deyiladi YeK xulosasida.
Yevrokomissiya fikricha, TikTok o‘zining «qaramlikka olib keluvchi dizayni bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish uchun oqilona, munosib va samarali choralar»ni ko‘rmayapti.
«Komissiya TikTok o‘zining asosiy dizaynini o‘zgartirishi zarur, deb hisoblaydi. Masalan, “cheksiz aylantirish” kabi qaramlikka olib keluvchi funksiyalarni bosqichma-bosqich o‘chirish, tungi vaqtda “tanaffuslar” joriy etish orqali», — deyiladi Yevrokomissiya xulosasida.
Mavzuga oid
14:24 / 11.03.2026
Yevrokomissiya rahbari: atom energiyasidan voz kechish - “strategik xato”
11:21 / 28.02.2026
Yevrokomissiya YeI-Merkosur kelishuvini vaqtincha qo‘llaydi
10:09 / 24.02.2026
JB: Ukrainani tiklash uchun 588 mlrd dollar kerak bo‘ladi
10:15 / 13.02.2026