Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘sh yer maydonlarida DXSh asosida bog‘cha ochishga ruxsat beriladi
2026 yil 1 apreldan boshlab maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan tuman (shahar)larda (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlik sub’yektlari uchun qator imtiyozlar joriy etiladi. Yangi tartibga ko‘ra, bog‘cha va maktablarning bo‘sh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartlari asosida maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etishga ruxsat beriladi.
Ma’lum qilinishicha, “a” bandiga muvofiq, maxsus bog‘cha, maktab va maktab-internatlardan tashqari ta’lim muassasalarining bo‘sh yer maydonlarida DXSh asosida bog‘cha tashkil etgan tadbirkorlar uchun 30 yil davomida ijara to‘lovlari undirilmaydi. Ushbu muddat tugagach, bog‘cha davlat balansiga topshiriladi.
Shuningdek, har bir tarbiyalanuvchi uchun davlat bog‘chasidagi bir nafar bolaga sarflanadigan xarajatning 50 foizi miqdorida elektron davomat asosida subsidiya ajratiladi. Bu imtiyoz 2024 yildan boshlab qamrov darajasi 80 foizdan past hududlarda tashkil etilayotgan nodavlat bog‘chalarga ham tatbiq etiladi.
“B” bandiga ko‘ra, ushbu tuman (shahar)larda bog‘cha va maktablarning bo‘sh yer maydonlaridan tashqari joylarda quvvati 150 o‘rindan kam bo‘lmagan nodavlat bog‘chalarni tashkil etuvchi tadbirkorlarga 7 yilgacha muddatga, yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 5 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi. Bunda bog‘cha 18 oygacha bo‘lgan muddatda qurilishi shart qilib belgilangan.
Shuningdek, yer uchastkalari belgilangan tartibda auksion orqali ajratiladi va hokimliklar har yili 1 aprelga qadar ajratiladigan yerlar ro‘yxatini e’lon qilib boradi. Nodavlat bog‘cha faoliyati boshlanganidan so‘ng esa tarbiyachilarning oylik ish haqi davlat bog‘chalarida belgilangan miqdorda uch yil davomida elektron davomat asosida Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
Qayd etilishicha, “b” bandida nazarda tutilgan imtiyozlar davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mavzuga oid
12:53 / 11.06.2026
Mashinada unutib qoldirilgan bog‘cha bolasi dimiqib vafot etdi. Bu Qashqadaryoda bir yil ichidagi ikkinchi shunday hodisa
08:49 / 04.06.2026
Toshkentda 40 ta zamonaviy AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda
17:35 / 15.05.2026
Bolalar o‘tin emas: vaziyat jiddiy, vazirlik jim
21:51 / 08.05.2026