Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasida rus tili to‘g‘risidagi ta’rif o‘zgartiriladi
Yangi konstitutsiyada rus tiliga berilgan ta’rifdagi «teng» so‘zi «qatori» so‘ziga almashtiriladi. Ya’ni «qozoq tili bilan teng qo‘llaniladi» o‘rniga, «qozoq tili qatori» qo‘llaniladi tarzida o‘zgartiriladi. Ta’kidlanishicha, bu qozoq tili - yagona davlat tili, rus tili u bilan birga, lekin teng maqomga ega bo‘lmagan holda qo‘llanilishini anglatadi.
Qozog‘istonda rus tilidan foydalanish to‘g‘risidagi ta’rif yangi Konstitutsiya loyihasida o‘zgartirildi, dedi respublika konstitutsiyaviy sudi raisi o‘rinbosari Baxit Nurmuxanov.
«Yangi konstitutsiyaning 9-moddasida «teng» so‘zi «qatori» so‘ziga almashtiriladi», dedi Nurmuxanov.
U loyihadagi tahririy va uslubiy o‘zgarishlar «terminologik va semantik bir xillikni ta’minlash bilan bog‘liqligini» ta’kidladi.
Qozog‘istonning amaldagi konstitutsiyasi matni 7-moddasining hozirgi variantiga ko‘ra, davlat tashkilotlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarida rus tili rasmiy ravishda qozoq tili bilan «teng» qo‘llaniladi. Qozog‘istonda yagona davlat tili qozoq tilidir.
Munozaralarga ko‘ra, «teng» so‘zi bilan ifodalanish rus tilini amalda davlat tili maqomiga tenglashtiradi – nafaqat muloqot tili, balki deyarli ikkinchi davlat tili sifatida qabul qilinadi.
Qozoq tili bilan bir «qatorda» iborasi quyidagilarni anglatadi: qozoq tili - yagona davlat tili, rus tili u bilan birga, lekin teng maqomga ega bo‘lmagan holda qo‘llaniladi. Rus tili yuridik maqomi bo‘yicha davlat tiliga teng emas, balki millatlararo muloqotning funksional tili sifatida tan olinadi.
Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasi loyihasi 31 yanvar kuni e’lon qilindi. Jamoatchilik muhokamasidan so‘ng u umumxalq referendumi, ya’ni barcha fuqarolarning ovoz berishi orqali tasdiqlanishi kerak. Refrendum sanasi hali belgilanmadi.
Mavzuga oid
13:31 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026