Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sohibjon Murodov «Davaktiv» direktori lavozimiga tayinlandi
Murodov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari lavozimida avvalroq prezident tomonidan qattiq tanqid qilingan, ishdan olingan va tergovga tortilgan Akmalxon Ortiqov o‘rnini egalladi.
Foto: AOKA
Prezident qarori bilan Sohibjon G‘ofurjonovich Murodov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bungacha u agentlik huzuridagi «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish» aksiyadorlik jamiyatida rahbar bo‘lgan.
Murodov yangi lavozimda avvalroq prezident tomonidan qattiq tanqid qilingan, ishdan olingan va tergovga tortilgan Akmalxon Ortiqov o‘rnini egalladi. Prezident yanvar oyidagi yig‘ilishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligida katta taftish ketayotgani va milliard-milliard so‘mlik talon-torojliklar aniqlanganini aytgandi.
Sohibjon Murodov 1987 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, shuningdek, Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Rakat filiali jamg‘arma kassa kassiri sifatida boshlagan. 2013—2017 yillar davomida Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlagan. 2017—2021 yillarda Hisob palatasi yetakchi inspektori, bosh inspektori vazifasini bajargan. 2021 yildan beri «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» AJ direktori sifatida faoliyat yuritayotgan edi.
Mavzuga oid
20:16 / 06.02.2026
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligiga yangi rahbar tayinlandi
11:02 / 04.02.2026
Xorazm viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
21:33 / 03.02.2026
Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlandi
13:33 / 03.02.2026