Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Usta dehqonlarga subsidiya, bog‘larni sug‘orish uchun qo‘llab-quvvatlash joriy etiladi
Prezidentning “2026 yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan bir qator moliyaviy qo‘llab-quvvatlash instrumentlari belgilangan.
Qarorga ko‘ra, yuqori daromadli mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida usta dehqonlarga:
- har 10 ta xonadonni ixtisoslashtirganligi uchun — 2 mln so‘m;
- mahalladagi xonadonlarning 30 foizini ixtisoslashtirganligi uchun — 75 mln so‘m miqdorida subsidiya ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tomorqa va ijara yer maydonlaridagi samarasiz eski bog‘larni rekonstruksiya qilish va yangi bog‘lar barpo etish uchun quyidagi subsidiyalar joriy etiladi:
- sertifikatli mevali ko‘chat narxining 50 foizi, biroq har bir ko‘chat uchun meva turiga qarab 30 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- meva turiga qarab har bir o‘rnatilgan tirgak (ustun) narxining 50 foizi, biroq 70 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- har bir sotixga yomg‘ir suvini yig‘ish va (yoki) tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish uchun 160 ming so‘mgacha.
Qarorda, suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlar uchun ham qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash belgilangan: tomorqa va ijara yerlarni sug‘orish uchun tik quduq burg‘ilash hamda quvvati 10 kVt⋅soatdan kam bo‘lmagan quyosh paneli o‘rnatish xarajatlarining 70 foizi, biroq 200 mln so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16:15 / 22.06.2026
“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda
13:31 / 13.06.2026
Quyosh panellari egalariga subsidiya to‘lash kechikmoqda
19:19 / 11.06.2026