Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchta hududda bojxona boshliqlari pensiyaga chiqarildi
Toshkent shahri va Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshliqlari hamda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari pensiyaga kuzatildi. Avvalroq prezident tanqididan keyin prokuratura tizimida ham yoshi katta xodimlardan bir guruhi pensiyaga chiqarilgandi.
Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi boshlig‘i Tolibjon Saidov lavozimini tark etdi, u pensiyaga kuzatilgan. Ushbu ma’lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
Saidov bilan bir vaqtda Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi boshlig‘i Yoqub Mirzarahimov va Sirdaryo viloyati Bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Inyaminov ham iste’foga chiqarilgan.
Manbaga ko‘ra, tez orada ularni ko‘p yillik faoliyatiga hurmat ko‘rsatgan holda pensiyaga kuzatish tadbiri o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 27 yanvar kungi selektorda prezident Shavkat Mirziyoyev huquq-tartibot sohasiga yosh va talabchan rahbarlar korpusi kerakligini aytgandi. Shundan keyin, 7 fevral kuni prokuratura tizimida bir guruh xodimlar nafaqaga kuzatilgan edi.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
08:54 / 25.06.2026
Yoshlar uchun davlat xizmatiga kirish tartibi soddalashtiriladi
18:43 / 24.06.2026