Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev rahbarligida prokuratura organlarida köp yillar davomida xizmat qilgan xodimlarni nafaqaga kuzatiş marosimi bölib ötdi.
Boş prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, tadbirda Niğmatilla Yöldoşev faxriy xodimlarning qonun ustuvorligini mustahkamlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş yölidagi xizmatlarini e’tirof etgan hamda ularning kasbiy mahorati va boy hayotiy tajribasi yoş xodimlar uçun ibrat ekanini ta’kidlagan.

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida huquq-tartibot tizimi mas’ullarini qattiq tanqid qilgan, Toşkent şahri IIBB boşliği Ravşan Sultonxöjayev hamda Toşkent şahar prokurori vazifasini bajaruvçi Anvar Örmonovga «hayfsan» berib, olti oylik sinov muddati tayinlagandi.

Prezident şuningdek, nafaqa yoşidan keyin ham rahbarlik lavozimlarida işlayotgan xodimlarga e’tibor qaratgan edi. Yiğilişda qayd etilişiça, huquq-tartibot tizimida xizmat ötaş çegarasi polkovniklar uçun 55 yoş, generallar uçun 60 yoş bölsa-da, hozir bu yoşdan oşgan 300 dan ortiq xodim rahbarlik lavozimida işlamoqda.












