Jahon | 20:40 / 13.02.2026
1908
2 daqiqa o‘qiladi

Mers: Urush Rossiya iqtisodiy va harbiy jihatdan holdan toygandagina tugaydi

Uning fikricha, Rossiyani o‘t ochishni to‘xtatish, keyin esa sulh tuzish haqida jiddiy gapirishga majbur qilish uchun barcha mavjud vositalardan - harbiy, iqtisodiy, siyosiy va diplomatik vositalardan foydalanish kerak.

Foto: DPA

Germaniya kansleri Fridrix Mers Rossiya bilan muzokaralar olib borish imkoniyati bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi. Uning fikricha, Rossiyani o‘t ochishni to‘xtatish, keyin esa sulh tuzish haqida jiddiy gapirishga majbur qilish uchun barcha mavjud vositalardan - harbiy, iqtisodiy, siyosiy va diplomatik vositalardan foydalanish kerak.

«Bu urush Rossiya hech bo‘lmaganda iqtisodiy, ehtimol harbiy jihatdan holdan toygandagina tugaydi. Biz bu nuqtaga yaqinlashmoqdamiz va biz bunga erishish uchun ko‘p narsa qildik - lekin biz hali u yerda emasmiz», deya ta’kidladi Mers.

Uning qayd etishicha, Rossiya Ukrainaga qarshi bu dahshatli urushdan voz kechishi kerak.

«Va biz hammamiz ularni bu dahshatli urushni davom ettirishda o‘zlari uchun boshqa foyda ko‘rmaydigan darajaga yetkazish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qilishimiz kerak. Ammo biz hali bungacha yetib bormadik», deb qo‘shimcha qildi kansler.

Uning ta’kidlashicha, bu urush Ikkinchi jahon urushidan ham uzoqroq davom etmoqda va bu dahshatli.

Uning fikricha, Rossiya urushni to‘xtatish uchun imkoniyatga ega. Ammo Amerika, Yevropa va Ukraina birgalikda urush tugashi uchun Rossiyani shu nuqtaga olib borishi kerak.

«Biz buni harbiy, iqtisodiy, siyosiy, diplomatik va hokazo yo‘llar bilan amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak. Va agar gaplashish uchun ma’no bo‘lsa, biz gapirishga tayyormiz, ammo ular haqiqatan ham o‘t ochishni to‘xtatish, keyin esa tinchlik rejasi haqida gapirishga tayyor ekanligini tan olishi kerak», dedi Mers.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid