Iqtisodiyot | 16:06
737
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston importida Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekiston importi 47,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Import hajmi 2024 yilga nisbatan 18,5 foizga oshgan bo‘lib, eng katta ulush Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Foto: Shutterstock

Qayd etilishicha, 2025 yil davomida O‘zbekiston 180 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirgan.

Import hajmi bo‘yicha yetakchi davlatlar:

Xitoy — 14,8 mlrd dollar;
Rossiya — 8,6 mlrd dollar;
Qozog‘iston — 3,4 mlrd dollar.

Shuningdek, Turkiya (1,9 mlrd), Koreya Respublikasi (1,7 mlrd), Germaniya (1,3 mlrd), Hindiston (1,2 mlrd), Turkmaniston (1,1 mlrd), Belarus (778,5 mln) va AQSh (712,3 mln) ham O‘zbekistonning yirik import hamkorlari qatoriga kiradi.

Mutaxassislar fikricha, import hajmining o‘sishi ichki bozor talabining ortishi, sanoat kooperatsiyasining kengayishi hamda tashqi iqtisodiy aloqalarning faollashuvi bilan izohlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid