Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya mudofaa vaziri: Rossiya butun dunyo uchun tahdid
Boris Pistorius DW’ga bergan intervyusida Rossiyani global tahdid deb atadi, ammo u “yengilmas emas”ligini ta’kidladi. Germaniya mudofaa vaziri Moskvaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish va Ukrainaga yordamni oshirishga chaqirdi.
Foto: Ronka Oberhammer/DW
Rossiya rahbariyatining harakatlari nafaqat Yevropa mintaqasiga, balki butun dunyoga tahdid solmoqda. Bu haqda juma kuni, 13 fevralda Myunxen xavfsizlik konferensiyasida DW’ga bergan intervyusida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius bildirdi.
“Yadroviy tiyib turish masalasida gap ketganda, ittifoq ichida ishonch va ishonchlilikni yo‘qotmasligimiz kerak. Chunki Rossiya — global tahdid. AQSh buni o‘z mudofaa strategiyasida tan olgan, ular bu haqda ochiq yozib qo‘ygan. Bu endi ayrimlar avval aytganidek, faqat mintaqaviy tahdid emas — bu global tahdid. Shuni inobatga olsak, butunlay ravshan: bizning umumiy vazifamiz — har doim tayyor turish”, — dedi Pistorius.
Germaniya mudofaa vaziri, shuningdek, YeI yetakchilari Moskvaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarga “tanqidiy nazar” bilan qarashi kerakligini ta’kidladi.
“Bizga, haqiqatan ham, ularni puldan mahrum qilib, bu urushni to‘xtatish uchun gaz va neft sotishdan keladigan daromadlarni to‘sib qo‘yish zarur. Menimcha, maqsad aynan shu”, — deb izohladi Pistorius.
Berlin Germaniyadan Xitoyga yetkazib berilayotgan, keyin esa Rossiyaga boradigan ikki xil maqsadda qo‘llanadigan tovarlar (dual-use) bo‘yicha ham sanksiyalar haqida o‘ylashi kerakmi, degan savolga Germaniya mudofaa idorasi rahbari ijobiy javob berdi.
Boris Pistoriusning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hokimiyati tinchlik yoki o‘t ochishni to‘xtatishdan manfaatdor emas.
“Ular tinch aholiga, fuqarolik infratuzilmasiga va Ukrainaning energetik infratuzilmasiga qarshi terroristik hujumlar uyushtirishni istaydi. Gap uning hududidagi harbiy harakatlar haqida emas. Gap aholiga qarshi terrorizm haqida ketyapti. Ular Ukraina ruhiy-ma’naviy irodasini sindirmoqchi. Biz esa urushning shu davrida Ukrainani har qachongidan ham ko‘proq qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”, — dedi nemis siyosatchisi.
Shu bilan birga, u Rossiya jang maydonida “yengilmas emas”ligini ta’kidladi.
“Rossiya quruqlikdagi urushda u qadar muvaffaqiyatli emas. Ular har oy 30–35 ming odamni yo‘qotyapti, bu raqam esa oshib bormoqda. Bir paytning o‘zida ular hududni bor-yo‘g‘i bir necha kilometrgagina egallab olyapti”, — dedi Pistorius va aynan shu sababli “Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish juda muhim” ekanini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
12:42
ChAES sarkofagini tiklash yuzlab million yevro talab qiladi
11:41
Mers, Starmer va Ryutte Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
20:40 / 13.02.2026