Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlardan keksagacha: 2025 yilda turistlar yoshi bo‘yicha taqsimot e’lon qilindi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda 11,7 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Turistlar 200 ta davlatdan kelgan bo‘lib, ularning yosh tarkibi ham e’lon qilindi.
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda jami 11,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Ushbu davrda mamlakatga 200 ta davlatdan turistlar kelgani qayd etilgan.
Jinsi bo‘yicha taqsimotga ko‘ra, tashrif buyurganlarning 6 404 283 nafari erkaklar, 5 275 345 nafari ayollardan iborat.
Yosh bo‘yicha taqsimot esa quyidagicha shakllangan:
- 0–18 yosh — 1 479 729 nafar;
- 19–30 yosh — 1 924 358 nafar;
- 31–55 yosh — 5 923 793 nafar;
- 56 yosh va undan kattalar — 2 351 748 nafar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, turistlarning eng katta ulushi 31–55 yosh toifasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
09:42
2025 yilda sabzavot yetishtirishda Andijon viloyati yetakchi bo‘ldi
16:06 / 13.02.2026
O‘zbekiston importida Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi
15:21 / 12.02.2026
Milliy statistika: 2025 yilda o‘qish uchun xorijga chiqish kamaygan
14:38 / 11.02.2026