Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda endi ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun hech kim jazolanmaydi
2025 yil may oyida «layklar va repostlar» uchun javobgarlikni bekor qilish haqidagi qonun Tojikiston prezidenti tomonidan imzolangach, terrorchilik va ekstremistik jinoyatlar soni kamaygani ta’kidlanmoqda.
Tojikistonda terrorchilik va ekstremistik jinoyatlar soni kamaydi. Bu haqda 15 fevral kuni bo‘lib o‘tgan hisobot matbuot anjumanida bosh prokuror Habibullo Vohidzoda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil yakunlariga ko‘ra, bunday huquqbuzarliklar soni 2024 yilga nisbatan 23 foizdan ko‘proqqa yoki 314 taga kamaygan.
Bosh prokurorning ta’kidlashicha, kamayish Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning ijtimoiy tarmoqlarda layklar va boshqa izohlarni joylashtirgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atmaslik to‘g‘risidagi ko‘rsatmasidan keyin mumkin bo‘lgan. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, tushuntirish ishlari kuchaytirilgan.
Qayd etilishicha, ekstremistik va terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlari uchun tegishli sanksiyalar qo‘llanilgan 405 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston parlamenti tomonidan qabul qilingan va qo‘llab-quvvatlangan «layklar va repostlar» uchun javobgarlikni bekor qilish haqidagi qonun 2025 yil may oyida davlat rahbari tomonidan imzolangan edi. Mamlakat prezidentining fikricha, ayrim hokimiyat organlari fuqarolarga nisbatan asossiz ravishda jinoiy ish qo‘zg‘atgan va «bu amaliyotga chek qo‘yish kerak» edi.
Avvalroq Oliy sud raisi Rustam Mirzozoda internetda «layk» bosgan va izoh qoldirgan shaxslar ishi qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
20:05 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vazirini qabul qildi
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
14:14 / 12.06.2026