Jamiyat | 08:51
3695
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobodda «MAZ» yuk avtomobili yuki BYD ustiga tushib ketdi

15 fevral kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasida «MAZ» rusumli yuk avtomobili keskin to‘xtagani ortidan yuk qismidagi yuki orqadan kelayotgan BYD rusumli avtomobil ustiga tushib ketgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 15 fevral kuni Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasida haydovchi, 1982 yilda tug‘ilgan O‘.Q. boshqaruvidagi «MAZ» rusumli yuk avtomobili harakat vaqtida keskin to‘xtagan. Shu payt bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan J.M. boshqaruvidagi BYD rusumli avtomobil ustiga «MAZ» yuk avtomobilining bort qismidagi yuki tushib ketgan.

Ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid