Ta’lim | 10:43 / 17.02.2026
2402
1 daqiqa o‘qiladi

Texnikumlarda stipendiya to‘lash amaliyoti joriy etiladi

Prezident farmoni bilan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasidagi davlat dasturi tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, 2026-2027 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda talabalarga stipendiya to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Kun.uz

2026 yil 16 fevral kuni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, kasblarni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor islohotlar doirasida 2026-2027 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya to‘lash amaliyotini yo‘lga qo‘yish belgilandi.

Shuningdek, hujjatda 2026-2027 o‘quv yilidan 7 ta hududda ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarida “Kasblar shaharchalari”ni tashkil etish orqali maktab o‘quvchilarini zamonaviy kasblarga yo‘naltirish vazifasi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, hududlarda 24 ta malakani baholash markazlarini tashkil etib, mehnat bozorida tan olinadigan sertifikat berishni joriy etish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid