Jamiyat | 13:21
1573
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Umra ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Toshkent shahrida Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxslar fuqarolardan pul olgan paytda ushlandi. Holat yuzasidan firibgarlik va pora berishga doir moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.A.” MChJning norasmiy ishchisi A.A. va boshqalar fuqaro G.B. hamda uning ota-onasini Saudiya Arabistoniga borishi uchun “viza” hujjatlarini tayyorlab, Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular jami 3 150 AQSh dollari evaziga xizmat ko‘rsatishini aytgan va oldindan bo‘nak sifatida 2 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid