Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘l qoplamalari tekshirildi: ta’mirlanadigan hududlar ro‘yxati tuzildi
Qish mavsumi yakunlanishi va davomli yomg‘irlar sabab ayrim yo‘l uchastkalarida qoplama holati yomonlashib, chuqurlar paydo bo‘lgan. Mutasaddilar ta’kidlashicha, asosiy tiklash ishlari ob-havo barqarorlashgach boshlanib, faol bosqich mart oyining birinchi o‘n kunligiga rejalashtirilgan.
Toshkent shahrida qish mavsumi yakunlanishi hamda kuchli yomg‘irlar tufayli ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining ayrim qismlarida qoplamalar holati yomonlashgani va chuqurlar paydo bo‘lgani kuzatilmoqda. Qayd etilishicha, yo‘l qoplamasi qishki eskirish, muzlashga qarshi reagentlar qo‘llanishi, uzoq muddatli yog‘ingarchilik va yuqori namlik sabab kuchli yuklanishga duch kelmoqda. Natijada suv mikroyoriqlarga kirib, qoplamaning ustki qatlami va asosini zaiflashtirib, nuqsonlarni tezroq namoyon qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, bunday kamchiliklar ko‘p hollarda qoplamaning xizmat muddati tugash arafasida bo‘lgan va sezilarli jismoniy eskirish to‘plangan uchastkalarda qayd etiladi.
Ko‘cha-yo‘l tarmog‘i tekshiruvdan o‘tkazilib, tiklanishi lozim bo‘lgan hududlar ro‘yxati tuzilgan. Ta’mir talab etiladigan umumiy maydon 816 023 m² ni tashkil etadi. Shu jumladan, tumanlar bo‘yicha — 609 673 m², shahar markaziy ko‘chalari bo‘yicha esa 206 350 m².
Tumanlar bo‘yicha taqsimot quyidagicha:
— Bektemir tumani — 53 160 m²
— Mirzo Ulug‘bek tumani — 50 471 m²
— Mirobod tumani — 52 287 m²
— Olmazor tumani — 48 087 m²
— Sergeli tumani — 50 529 m²
— Uchtepa tumani — 50 000 m²
— Chilonzor tumani — 54 000 m²
— Shayxontohur tumani — 51 182 m²
— Yunusobod tumani — 47 546 m²
— Yakkasaroy tumani — 51 000 m²
— Yangihayot tumani — 51 000 m²
— Yashnobod tumani — 50 411 m²
Joriy ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda, davomli yomg‘irlar paytida qoplamani to‘liq texnologik tiklash barqaror natija bermasligi ta’kidlangan. Shu sabab asosiy ishlar hajmi ob-havo barqarorlashgandan va zamin namligi pasaygandan so‘ng amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Faol bosqich boshlanishining taxminiy muddati — mart oyining birinchi o‘n kunligi.
Shuningdek, 2026 yilda yo‘l qoplamasini bosqichma-bosqich tiklash ishlari bilan birga ko‘cha-yo‘l tarmog‘i va transport infratuzilmasi bo‘yicha kapital infratuzilma ishlari ham alohida reja asosida amalga oshirilishi ma’lum qilingan. Mutasaddilar kartali-chuqurli ta’mirlash va kapital ishlar bir vaqtning o‘zida bir xil ko‘chalarda rejalashtirilmasligini qayd etib, mahalliy nuqsonlarni bartaraf etish xavfsiz harakatlanishni tezda tiklashga qaratilganini bildirgan.
Mavzuga oid
09:15 / 18.06.2026
Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi
08:58 / 17.06.2026
Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
08:35 / 15.06.2026