Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina harbiylari bundesver askarlarini drondan foydalanishga o‘qitadi
Jang tajribasiga ega ukrain instruktorlari bundesver harbiylarini drondan foydalanish, hujumlarni qaytarish va mobil ilovalar yordamida operatsiyalar o‘tkazishga o‘qitadi, deb yozadi Der Spiegel. Taҗriba almashish bo‘yicha muzokaralar 2025 yildan beri olib borilgan.
Germaniya Mudofaa vazirligi tezroq jang tajribasiga ega ukrain askarlarini Germaniya qurolli kuchlarini o‘qitish uchun yuborishni istamoqda. Der Spiegel jurnali dushanba kuni, 16 fevralda xabar qilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari jangchilari bundesver harbiylarini dronlardan foydalanish va mobil ilovalar yordamida operatsiyalar o‘tkazishga o‘qitadi. Avvalroq Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ukrain instruktorlarini Germaniya quruqlik qo‘shinlarining maktablari hamda jangovar o‘quv markazlariga integratsiya qilish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagan.
Der Spiegel’ning bundesverdagi manbalariga ko‘ra, Kiyev bilan ukrain askarlari bundesver xizmatchilariga o‘zlarining amaliy bilimlarini ulashishi haqidagi muzokaralar 2025 yildan beri davom etmoqda. “Hozir NATOda hech kimda Ukrainadan ko‘proq jang tajribasi yo‘q, biz undan foydalanishimiz kerak”, — degan nashr suhbatdoshlari.
Jurnalistlar ma’lumoticha, o‘quv kurslarining asosiy mavzulari drondan foydalanish, hujumlarni qaytarish usullari, shuningdek zamonaviy boshqaruv tizimlari bo‘lishi mumkin. Der Spiegel yozishicha, Ukraina jang harakatlarini rejalashtirish va qo‘shinlarni boshqarishning oddiy tizimlarini mobil telefonlardagi ilovalar ko‘rinishida ishlab chiqqan, bu ilovalar o‘q-dorilar zaxirasini to‘ldirish hamda yaralanganlarni evakuatsiya qilishni muvofiqlashtira oladi.
Bundesverda xavfsizlik mulohazalariga ko‘ra o‘qitish tafsilotlarini aniqlashtirishdan bosh tortgan. Nashr qayd etishicha, frontda harbiy kadrlar yetishmasligi sabab ukrain instruktorlari, ehtimol, Germaniyada bor-yo‘g‘i bir necha hafta bo‘ladi.
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri yuzlab ukrain harbiylari Germaniyada ta’lim olgan. Bundesver harbiylari, jumladan, GFRning harbiy yordam doirasida Ukrainaga yetkazib bergan qurol tizimlaridan foydalanishni — Gepard zenit o‘zyurar qurilmalari va Leopard tanklari bo‘yicha Ukraina askarlariga o‘rgatgan.
Yevropa Ittifoqining ukrain harbiylarini o‘qitish missiyasi (EUMAM) 2022 yildan beri Yevropaning bir nechta mamlakatlarida amal qiladi, tashkil etilganidan beri unda 76 000 nafardan ortiq Ukraina askari tayyorgarlikdan o‘tgan.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026