Jamiyat | 10:06
1249
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qalbaki dori va biologik qo‘shimcha ishlab chiqargan sex aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda Chilonzor tumanidagi xonadonda qalbaki biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalari ishlab chiqarilgan yashirin sex fosh etildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda 3 nafar fuqaro Chilonzor tumani, 9-mavzedagi xonadonda yashirin sex tashkil etgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, ular E.L. MChJning tovar belgisidan foydalangan holda biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarayotgan bo‘lgan. Tekshiruv davomida yashirin sexdan 3 300 dona qalbaki biologik faol qo‘shimcha hamda 3 420 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid