O‘zbekiston | 09:13
4687
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Magnus Fusion 212 samolyotlari ishlab chiqarilishi mumkin

Transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev Vengriyaning Magnus Aircraft Zrt. kompaniyasi bosh ijrochi direktori Laszlo Boros bilan uchrashib, Magnus Fusion 212 samolyotlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqdi.

Foto: Transport vazirligi

Transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev Vengriyaning Magnus Aircraft Zrt. kompaniyasi bosh ijrochi direktori Laszlo Boros bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan Magnus Fusion 212 rusumli samolyotlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatini muhokama etdi.

Ma’lumot o‘rnida, Magnus Aircraft Zrt. kompozit materiallardan innovatsion samolyotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi Vengriyaning xalqaro kompaniyasi hisoblanadi.

Kompaniyaning bosh qarorgohi Vengriyaning Pogani shahrida, Pech–Pogani xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan bo‘lib, qariyb 8000 kvadrat metr maydonni egallaydi.

Shuningdek, Magnus guruhining vakillari AQSh, Xitoy, Keniya, Nigeriya, Serbiya hamda Yaqin Sharq mamlakatlarida o‘z faoliyatini olib boradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid