Iqtisodiyot | 11:53
1729
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga arab xurmosini eng ko‘p Eron yetkazib berdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonga import qilingan arab xurmosining asosiy qismi Eron hissasiga to‘g‘ri keldi. Umuman olganda, mamlakatga 19 davlatdan qariyb 14 ming tonna xurmo olib kirilgan.

Foto: iStock

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonga 19 ta davlatdan qiymati 10,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 13 983 tonna arab xurmosi import qilingan.

Qayd etilishicha, import hajmi o‘tgan yilga nisbatan 3,4 ming tonnaga oshgan.

2025 yilda O‘zbekistonga arab xurmosini eng ko‘p yetkazib bergan davlatlar quyidagilar:

  • Eron – 11 ming tonna;
  • Tunis – 809,6 tonna;
  • Turkiya – 416 tonna;
  • Saudiya Arabistoni – 327,9 tonna;
  • Qozog‘iston – 229 tonna;
  • Ozarboyjon – 223,5 tonna;
  • BAA – 216,9 tonna;
  • boshqa davlatlar – 768,7 tonna.

Shu tariqa, arab xurmosi importida Eron yetakchi yetkazib beruvchi davlat bo‘lib qolmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid