Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Qrim sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi
Qrim bilan bog‘liq holda RFga qarshi sanksiyalar bo‘yicha “favqulodda holat rejimi” dastlab Barak Obama tomonidan joriy etilgandi, u yana bir yilga uzaytirildi. Bu haqda Federal reyestr bazasidan ma’lum bo‘ldi. Hozirgi uzaytirish Ukraina bo‘yicha muzokaralar davom etayotganiga qaramasdan amalga oshirilgan.
Foto: Gent Shkullaku/Light Studio Agency/IMAGO
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu sanksiyalar Moskva 2014 yilda Ukrainaning Qrimini qo‘shib olganidan keyin joriy etilgan edi. Bu haqda payshanba kuni, 19 fevralda, AQSh hukumati hujjatlari to‘plami bo‘lgan Federal reyestrning elektron bazasida keltirilgan.
“Men 13660-sonli farmonda e’lon qilingan favqulodda holatni yana bir yilga uzaytiryapman”, — deyiladi Oq uy rahbari imzolagan hujjatda. Ushbu farmonni AQSh davlat rahbari lavozimida bo‘lgan Barak Obama 2014 yil 6 mart kuni dastlab imzolagandi.
Sanksiyalar bo‘yicha “favqulodda holat rejimi” keyinchalik 2017 yil 6 martgacha uzaytirilgan, shundan so‘ng yana bir necha bor qayta-qayta uzaytirib kelingan. U rejim Ukrainadagi “demokratik jarayonlar va institutlarni zaiflashtirish”, shuningdek uning tinchligi, xavfsizligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tahdid solish uchun javobgar deb hisoblangan jismoniy va yuridik shaxslarning aktivlarini muzlatishga ruxsat bergan.
Sanksiyalarning bu galgi uzaytirilishi Ukraina bo‘yicha uch tomonlama muzokaralar davom etayotganiga qaramasdan amalga oshirildi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tinch yo‘l bilan hal etish masalasi bo‘yicha Jyenevadagi maslahatlashuvlar 17 va 18 fevral kunlari bo‘lib o‘tdi. RF delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy bu maslahatlashuvlarni og‘ir, ammo ishchan deb ta’rifladi. “Muzokaralar ikki kun davom etdi: kecha turli formatlarda juda uzoq bo‘ldi”, — dedi u. Medinskiy keyingi raund yaqin vaqtda o‘tkazilishini aytdi, biroq sanani aniqlashtirmadi.
O‘z navbatida, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi va ukrain delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov bir qator masalalarda oydinlik kiritilganini bildirdi, ammo “bu bosqichda tafsilotlarni oshkor qilish mumkin emas”, deb ta’kidladi. U, shuningdek, Rossiya tomoni bilan muhokamalarni “intensiv va mazmunli” deb atadi.
Mavzuga oid
11:24
AQSh o‘zbekistonlik ayrim shaxslarga viza cheklovlari joriy etdi
10:48
Urushga qarshi varaqalar sabab hukm qilingan shaxs infarktdan keyin vafot etdi
09:55
Paralimpiada: Italiya - rossiyaliklar va belaruslarni kiritishga qarshi
09:02