Sport | 08:59 / 21.02.2026
2915
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada va AQSh hokkey jamoalari Olimpiada finalida o‘ynaydi

Italiyada o‘tayotgan Qishki Olimpiya o‘yinlari doirasidagi erkaklar o‘rtasida hokkey turnirida AQSh terma jamoasi ikkinchi finalchi bo‘ldi.

Foto: REUTERS

Yarim finalda amerikaliklar Slovakiyani 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

AQSh tarkibida shayba kiritganlar: Dilan Larkin (5-daqiqa), Teyj Tompson (20), Jyek Xyuz (33, 39), Jyek Aykel (33), Bredi Tkachuk (51).

Slovakiya terma jamoasi tarkibida gol mualliflari: Yuray Slafkovski (45), Pavol Regenda (54).

Finalda AQSh terma jamoasi Kanada bilan o‘ynaydi. Kanada avvalroq Finlandiyani 3:2 hisobida mag‘lub etgan.

Final uchrashuvi 22 fevral kuni bo‘lib o‘tadi va Moskva vaqti bilan 18:10 da start oladi.

Uchinchi o‘rin uchun o‘yinda Slovakiya va Finlandiya termalari bahs olib boradi: uchrashuv 22 fevral kuni, soat 00:40 da boshlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid