Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mehmonxona qurish uchun 12 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlandi
Chilonzor tumanidagi Ritz-Carlton mehmonxonasi qurilayotgan hududda moratoriyga zid ravishda 12 tup qimmatbaho daraxt ildizi bilan qo‘porib tashlangani aniqlandi. Ekologiya qo‘mitasi hisob-kitoblariga ko‘ra, bu orqali tabiatga 351 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Foto: Telegram / Rasul Kusherbayev
Toshkent markazida joylashgan Ritz-Carlton mehmonxonasi qurilish maydonida 10 dan ortiq qimmatbaho daraxt kesib, qo‘porib tashlandi.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi raisi maslahatchisi Rasul Kusherbayevning qayd etishicha, Ozarboyjonning PD Estatess MChJ korxonasiga «Milliy bog‘» xiyoboni hududi yonidan berilgan yer maydonida moratoriy talablariga zid ravishda 12 tup qimmatbaho daraxt ruxsatnomasiz kesib qo‘porib tashlangani aniqlangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilish kompaniyasi hududdagi daraxtlarning kesilish jarayonini videoga olishga har tomonlama to‘sqinlik qilgan.
Toshkent shahri Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi 20 fevral kuni xabar yuzasidan o‘tkazilgan reyd davomida mazkur holatni tasdiqlagan. Ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumani Baynalminal ko‘chasi, 102A-uy manzilida joylashgan PD Estatess MChJga tegishli hududda sog‘lom o‘sish holatida bo‘lgan jami 12 tup daraxt, shundan 9 tupi prezident farmoniga asosan muddatsiz davrga uzaytirilgan moratoriy talablariga zid ravishda, hech qanday tegishli ruxsatnomalarsiz ildiz qismi bilan qo‘porib olingan.
Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan hamda tabiatga 351 mln 230 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani hisoblab chiqilgan.
Hozirda to‘plangan hujjatlarni huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborish choralari ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, PD Estatess MChJ XK — Ozarboyjonning Pasha Holding kompaniyasi bo‘lib, qiymati 200 million AQSh dollari bo‘lgan Ritz Carlton brendi ostida 5 yulduzli mehmonxona qurmoqda.
Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, PD Estatess 2023 yil noyabr oyida ro‘yxatdan o‘tgan. Kompaniya 251,3 mlrd so‘mlik ustav fondiga ega va «qurilish loyihalarini ishlab chiqish» bilan shug‘ullanadi. Ta’sischilari Pasha Development (99 foiz) va Pasha Holding (1 foiz) hisoblanadi, rahbar sifatida Baris Battal ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
19:49 / 07.02.2026
Toshkent viloyatida noqonuniy ravishda tuproq va qum-shag‘al qazigan shaxslarga chora ko‘rildi
13:01 / 03.02.2026