Foydali | 16:05
6075
8 daqiqa o‘qiladi

MIBdan qarzdorlikni qanday tekshirish mumkin?

Agar sizda kvartira, avtomobil yoki boshqa daromad manbai bo‘lsa, soliq va ma’muriy majburiyatlar muqarrardir. To‘lov muddati o‘tkazib yuborilganda qarz haqidagi ma’lumot Majburiy ijro byurosiga (MIB) yuboriladi va bu xorijga chiqishga taqiq qo‘yilishi hamda hisobraqam muzlatilishiga olib kelishi mumkin.Ko‘pincha bunday qarzdorlik haqida pasport nazoratida ma’lum bo‘ladi. Ushbu materialda qarzdorlik mavjudligini oldindan qanday tekshirish va agar aniqlansa, nima qilish kerakligi haqida ma’lumot beramiz.

Foto: Zolnierek / istock

MIB nima?

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bo‘linma boshlig‘i Nasimxon Burhonovning so‘zlariga ko‘ra:

Majburiy ijro byurosi pul yoki qarz undirish bilan shug‘ullanadigan tashkilot emas. Majburiy ijro byurosi — adolatning yakuniy bosqichini ta’minlaydigan organ. Uning faoliyati buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni tiklashga hamda sud qarorlarining majburiy ijro etilishini ta’minlashga qaratilgan. Bu — sud hujjatlarining amalda bajarilishi uchun javobgar bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organ. Batafsil bu yerda.

MIBning vazifasi — qabul qilingan qarorning ijrosini ta’minlash. Byuro faqat ijro hujjati rasmiylashtirilib, ijro ishi qo‘zg‘atilgandan so‘ng ishga kirishadi. Ungacha MIB qandaydir cheklovlar yoki majburiy ta’sir choralarini qo‘llash huquqiga ega emas.

ijro hujjati namunasi

MIB nima bilan shug‘ullanadi?

Byuro quyidagilar bilan shug‘ullanadi:

  • qarz, jarima va alimentlarni undiradi;
  • mulkka taqiq va cheklovlar qo‘yadi;
  • avtomobil va ko‘chmas mulk sotuvi va rasmiylashtirilishiga cheklov qo‘yadi;
  • pul bilan bog‘liq bo‘lmagan qarorlar ijrosini ta’minlaydi - masalan, uydan ko‘chirib chiqarish, bino buzilishi, mulkni o‘tkazish yoki ishga tiklash.

MIB jazolovchi organ hisoblanmaydi. Avvalo qarzdorga ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun vaqt beriladi va ijro etilmagan taqdirdagina majburiy tusdagi choralar qo‘llaniladi.

Ba’zan ijro ishi jarima va cheklovlar qo‘llamasdan ham yakunlanadi. Masalan, Mirzo Ulug‘bek tumanida MIB Kuba fuqarosi foydasiga aliment undirish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqqan. Tushuntirish ishlari davomida davlat ijrochisi tomonlarga ularning majburiyatlari hamda to‘lovni amalga oshirmaslik oqibatlarini tushuntirdi. Natijada er-xotin o‘zaro kelishuvga erishdi, oila yarashtirildi, ijro ishi esa tugatildi. Batafsil bu yerda.

Ya’ni MIB har qanday yo‘l bilan jazolashga emas, balki qaror ijrosiga erishishga harakat qiladi va ayrim hollarda bu keskin choralarsiz amalga oshadi.

MIBdan qarzdorlikni qanday tekshirish mumkin?

Qarz yoki cheklov bor-yo‘qligini bir nechta usul orqali tekshirish mumkin. Ularning barchasi Majburiy ijro byurosi ma’lumotlaridan foydalanadi va ijro ishi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni ko‘rsatadi.

MIB rasmiy servislari — sayt va mobil ilova

Eng osoni — MIB rasmiy servislaridan foydalanish.

mib.uz sayti va  MIB.UZ mobil ilovasida quyidagilarni tekshirish mumkin:

  • qarzdorlik bor-yo‘qligi;
  • xorijga chiqishga taqiq bor-yo‘qligi;
  • avtomobil yoki ko‘chmas mulkka taqiq bor-yo‘qligi;
  • ijrochiga oid ma’lumotlar.
rasmiy sayt va mib.uz mobil ilovasi

Tekshirish uchun JShShIR yoki pasport ma’lumotlarini kiritish kifoya.

JShShIR — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami. U 14 ta raqamdan iborat bo‘lib, O‘zbekistonning har bir fuqarosi va rezidentiga beriladi. JShShIR biometrik pasport va ID-kartada ko‘rsatiladi, shuningdek barcha davlat elektron xizmatlarida qo‘llaniladi.

JShShIR

Saytda ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi. Mobil ilovada SMS orqali telefon raqamini tasdiqlash lozim. 

my.gov.uz davlat xizmatlari portali

my.gov.uz portali MIB bazasi bilan integratsiyalashgan. Unga kirish uchun saytda OneID yoki ilovada MyID orqali shaxsiy kabinetga kirish kerak.

my.gov.uz orqali Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish

Avtorizatsiyadan so‘ng ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish xizmatini topish kifoya. Javob avtomatik tarzda shakllantiriladi. Shu yerning o‘zida qarzni to‘lash va yangi ijro ishlari haqidagi xabarnomalarni olish mumkin.

MIB Telegram-boti

Qarzdorlikni MIBning @mibuzrasmiy_bot rasmiy Telegram-boti orqali tekshirish mumkin. Botda pasport ma’lumotlari va tug‘ilgan sanani ko‘rsatish lozim.

 MIB rasmiy Telegram-boti

Bot foydalanuvchi bilan bog‘liq barcha ijro ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rsatadi.

MIBga shaxsan murojaat qilish

Onlayn-usuldan foydalanish imkoni bo‘lmasa, MIBning tuman yoki shahar bo‘limiga pasport bilan murojaat qilish mumkin. Xodim ma’lumotlarni tekshirib, qarzdorlik yoki cheklov bor-yo‘qligini aytadi.

Qarzdorlikni qanday to‘lash mumkin?

Qarzdorlikni bir nechta usulda yopish mumkin. To‘lov ma’lumotlari MIBga kelib tushadi, ijrochi esa ishni to‘xtatadi.

To‘lov summasi va rekvizitlarni quyidagilar orqali ko‘rish mumkin:

  • mib.uz saytida;
  • MIB.UZ ilovasida;
  • my.gov.uz portalida;
  • to‘lov ilovalarida MIB xizmati tanlanganida.

To‘lov ilovalari orqali 

Eng keng tarqalgan variant — Payme yoki Click mobil to‘lov ilovalari orqali to‘lash.

Ilovada davlat xizmatlari yoki MIBdan qarzdorlikni to‘lash bo‘limi tanlanadi, ijro ishi raqami yoki pasport ma’lumotlari kiritiladi va to‘lov tasdiqlanadi.

Payme va Click ilovalari orqali qarzdorlikni to‘lash

Elektron chek qog‘oz kvitansiya bilan bir xil kuchga ega. Uni MIBga olib borish shartmas — to‘lov haqidagi ma’lumot tizimga avtomatik uzatiladi. Chekni qarzdorlik maqomi to‘liq yangilanguniga qadar saqlab turish lozim.

Davlat xizmatlari portali orqali

my.gov.uz portalida qarzdorlik tekshirilganidan so‘ng «To‘lash» tugmasi paydo bo‘ladi. To‘lov bank kartasi elektron hamyon orqali amalga oshiriladi. Komissiya miqdori tanlangan to‘lov usuliga bog‘liq.

MIB.UZ ilovasi orqali

MIB.UZ ilovasida qarzdorlik tekshirilganidan so‘ng qarzlar ro‘yxati aks etadi. Foydalanuvchi to‘lanadigan qarzdorlikni tanlaydi va to‘lovga o‘tadi.

MIB.UZ ilovasida qarzdorlikning aks etishi

Bank yoki terminal orqali

Qarzdorlikni istalgan bankda yoki to‘lov terminalida ijro ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan rekvizitlar bo‘yicha to‘lash mumkin. Bu holda qog‘oz kvitansiyani saqlab qo‘yish muhim.

Qarzdorlik to‘g‘risidagi SMS xabarnoma

Oylik maoshdan ushlab qolish

Qarzdor rasman ishlasa, MIB ijro hujjatini ish beruvchiga yuborishi mumkin. Bu holda buxgalteriya maoshning bir qismini ushlab qoladi va qonunda ko‘zda tutilgan

tarzda undiruvchiga o‘tkazib beradi.

Eslab qoling

  • MIB faqat ijro hujjati mavjud qarzdorliklar bilan shug‘ullanadi.
  • Qarzdorlikni rasmiy servislar orqali onlayn tekshirish mumkin.
  • Qarzni Payme yoki Click orqali to‘lash mumkin.
Асал Равшанова
Muallif Асал Равшанова

Mavzuga oid