Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suyuq maishiy chiqindilardan biogaz ishlab chiqarish loyihalari boshlanadi
Suyuq maishiy va organik chiqindilarni zamonaviy, ekologik xavfsiz va iqtisodiy samarador texnologiyalar asosida qayta ishlash hamda atrof-muhitga zararni kamaytirish maqsadida biogaz va organik o‘g‘it ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, 2026–2027 yillarda tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulanmagan bittadan tuman (shahar)da suyuq maishiy va organik chiqindilarni kompostlash orqali biogaz va organik o‘g‘itlar ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.
Loyihalar sanitar tozalash korxonalari va salohiyatli investorlar ishtirokida tashkil etiladi. Ularni amalga oshirish tartibiga oid alohida nizom tasdiqlanishi nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, mazkur tashabbus chiqindilarni xavfsiz “yig‘ish–tashish–qayta ishlash” zanjirini yo‘lga qo‘yish, oqova tarmoqlariga ulanmagan hududlarda hosil bo‘ladigan chiqindilarni qayta ishlash, poligonlarga chiqindilar joylashtirish hajmini qisqartirish hamda muqobil energiya va organik o‘g‘it ishlab chiqarish orqali atrof-muhit muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan.
Qaror ijrosi uchun Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi hamda viloyatlar hokimlari shaxsan javobgar etib belgilanmoqda.
Mavzuga oid
16:05 / 03.01.2026
Maishiy chiqindi poligonlari kamida 50 foizga qisqartiriladi
08:34 / 16.09.2025
O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilardan pol qoplamalari ishlab chiqarilishi mumkin
08:00 / 13.08.2025
Toshkentda maishiy chiqindi bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
13:15 / 26.06.2025