Toşkent şahri hokimligida maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş jarayonini raqamlaştiriş masalasi muhokama qilindi. Qayd qilinişiça, sohada yangi tizim – «Toza Poytaxt» dasturiy ta’minoti joriy etiladi.
Uşbu tizim orqali çiqindi yiğiş texnikalari mahallabay va belgilangan grafik asosida jalb etiladi. Jarayonda Ekologiya qömitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi, Milliy gvardiya va mahalla yettiligi öz hududlariga mas’ul böladi.
Qayd qilinişiça, «Toza Poytaxt» dasturiy ta’minoti 13 avgustdan Olmazor tumanida sinov tariqasida işga tuşiriladi, 1 sentabrga qadar qolgan tumanlarga ham bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Loyihaning asosiy maqsadi – çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş jarayonini nazorat qiliş orqali şahar tozaligini ta’minlaş, texnikalar işini monitoring qiliş va xizmat sifatini oşiriş.

Yangi tizim orqali mahallaning içki köçalarida texnikalar harakatini kuzatiş, çiqindi hajmini hisoblaş, yuridik taşkilotlarga körsatilayotgan xizmat sifatini baholaş, markaziy va içki köçalardagi sanitariya holatini monitoring qiliş mumkin böladi.
Ta’kidlanişiça, barça ma’lumotlar avtomatik tarzda yiğiladi, inson resurslariga ehtiyoj qolmaydi. Bajarilmagan işlar va çiqindi olib çiqib ketilmagan manzillar ham avtomatik qayd etiladi.











