Muzokaralar davomida Yaponiya tomoni Le One Co., Ltd kompaniyasi 2025–2030 yillarga möljallangan 4 million AQŞ dollari miqdoridagi grant yutib olgani haqida ma’lum qildi. Grant Yaponiya energetika va sanoatni rivojlantiriş taşkiloti tomonidan dekarbonizatsiya va yaşil energiya sohasida ilğor yapon texnologiyalarini ilgari surişga qaratilgan xalqaro körgazmali dastur doirasida taqdim etilgan.
Loyihaga köra, Özbekistonda biologik çiqindilarni qayta işlaş natijasida olingan biogazdan metan işlab çiqariş böyiça tajriba zavodini işga tuşiriş rejalaştirilmoqda. Taşabbus bir vaqtning özida bir neçta ekologik va iqtisodiy maqsadlarga erişişga qaratilgan: issiqxona gazlari taşlamalarini kamaytiriş, çiqindilarni xavfsiz yöq qiliş, qişloq xöjaligida foydalaniş uçun biogumus işlab çiqariş, şuningdek, kimyoviy yuviş va Yaponiya standartlari asosida çuqur tozalaş tizimi bilan gibrid sirkulyatsiya texnologiyasini joriy etiş.

Loyiha biogazdan muqobil energiya manbai sifatida foydalanişni nazarda tutadi, bu nafaqat atrof-muhitga tuşadigan bosimni kamaytiriş, balki çiqindilarni boşqarişning qöşimça energiya tejamkor modelini yaratiş imkonini beradi. Texnologiya barqaror rivojlaniş maqsadlariga va kam uglerodli iqtisodiyotga ötiş strategiyasiga töliq mos keladi.











