Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilardan pol qoplamalari ishlab chiqarilishi mumkin
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan Yaponiyaning MDH mamlakatlari va Rossiya bilan savdoni rivojlantirish uyushmasi bilan hamkorlikda "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha "O‘zbekiston – Yaponiya" onlayn biznes muloqoti tashkil etildi.
Foto: "Dunyo" AA
Tadbirda Yaponiyaning 50 dan ortiq yetakchi kompaniyalari va mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlarida faoliyat yurituvchi ko‘plab kompaniyalar ishtirok etdi.
Tadbirda Yaponiyaning uglerod neytralligiga erishish yo‘lidagi energetika siyosati, O‘zbekiston bilan "yashil" texnologiyalar sohasida istiqbolli hamkorlik, "yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini amalga oshirish hamda 2030 yilgacha "yashil" va inklyuziv o‘sishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga oid taqdimotlar o‘tkazildi.
Yaponiya vakillariga Samarqand viloyatida zamonaviy shahar muhitini yaratish, shuningdek, Jizzax viloyatida qattiq maishiy chiqindilardan yo‘l plitalari va pol qoplamalari, qishloq joylarda organik chiqindilardan biogaz ishlab chiqarish bo‘yicha startap loyihalari taqdim etildi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent davlat texnika universiteti yosh olimlari sanoat ehtiyojlari uchun elektrotexnika mahsulotlarini qayta ishlash asosida kumush nanozarrachalar olish bo‘yicha startap loyihalari va innovatsion ishlanmalarini hamda plastik chiqindilarni qayta ishlash asosida yo‘l qoplamalarini olish bo‘yicha innovatsion ishlanmalarini taqdim etdilar.
Tadbir davomida o‘zaro fikr almashildi va loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar yaqin kelajakda Yaponiyaning manfaatdor biznes kompaniyalari va tashkilotlari investitsiyalari ishtirokida O‘zbekistondagi "yashil" loyihalarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
21:09
Yaponiya shimolida joriy yildagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi
20:47 / 07.12.2025
O‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilishlarga ishga yuboriladi
21:09 / 04.12.2025
Birinchi «Markaziy Osiyo – Yaponiya» sammiti Tokioda o‘tkaziladi
14:29 / 02.12.2025