Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qibray tumani hokimi yordamchisi 10 ming dollar bilan ushlandi
Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining yordamchisi davlat zaxirasidagi yerni xaridor nomiga o‘tkazishni va’da qilib, 10 ming dollar olayotganida ushlandi. Buning uchun u hokimlikdagi tanishlaridan foydalanib, arxiv hujjatlariga soxta ma’lumot kiritishni rejalashtirgan.
Foto: DXX
Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va qambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi korrupsiya va firibgarlikda gumonlanmoqda, deya xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati.
U mahalla binosi yonida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 4 sotix yer maydonini hokimlikda ishlovchi tanishlari yordamida arxiv hujjatlariga soxta ma’lumotlar kiritish orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan. Buning uchun 50 ming dollar talab qilgan.
Gumonlanuvchi so‘ralgan summaning 10 ming dollarini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (Juda ko‘p miqdorda firibgarlik) va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi (Juda ko‘p miqdorda pora berish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
08:32 / 23.04.2026
Namanganda ikki nafar bosh mutaxassis pora bilan ushlandi
21:32 / 21.04.2026
Xitoyda sobiq amaldor Tszenbin korrupsiya uchun o‘limga hukm qilindi
08:55 / 19.04.2026