Jamiyat | 20:38 / 25.02.2026
1640
1 daqiqa o‘qiladi

Angrendagi YTHda sud raisi jarohatlandi

Toyota va Damas to‘qnashuvidan so‘ng Damas yo‘l chetida turgan JIB Piskent tuman sudi raisi Muzaffar Bozorovga borib urilgani aytilmoqda. Sud raisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Sudyalar oliy kengashi hozirda uning ahvoli yaxshi ekanini bildirdi.

Foto: Getty images

Jinoyat ishlari bo‘yicha Piskent tuman sudi raisi Muzaffar Bozorov YTHda jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur YTHga oid xabar tarqaldi. Unda Angren shahrida Toyota Damas mashinasi ketidan kelib urgani hamda Damas yo‘l chetida turgan Muzaffar Bozorovga borib urilgani aytilgan.

Sudyalar oliy kengashi holatga munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, YTH 22 fevral kuni soat taxminan 9:30 larda sodir bo‘lgan. Shu vaqtning o‘zida Toshkent viloyat sudi mutasaddilari Sudyalar oliy kengashini xabardor qilgan hamda shifoxonaga borib, sudyaning holidan xabar olishgan.

“Sudyalar oliy kengashi vaziyatni nazoratga olgan. Ayni paytda ham bemorning ahvoli haqida tegishli ma’lumotlar kelib turibdi. Shifokorlarning bugun bergan ma’lumotiga ko‘ra, bemorning ahvoli yaxshi tomonga o‘zgargan”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, YTHga belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.  

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров

Mavzuga oid