Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Statistika: yashash va ovqatlanish xizmatlari bozorida ikki xonali o‘sish
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi qariyb 227 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2024 yilga nisbatan 10,4 foizga o‘sish demakdir.
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi
Hisobotga ko‘ra, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, u yerda xizmatlar hajmi 38,7 trln so‘mga yetgan. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati (26 trln so‘m), Namangan viloyati (23,6 trln so‘m) va Farg‘ona viloyati (22,8 trln so‘m) qayd etilgan.
Shuningdek, quyidagi hududlarda ham sezilarli hajm qayd etildi:
- Qashqadaryo viloyati — 20 trln so‘m;
- Toshkent viloyati — 16,1 trln so‘m;
- Andijon viloyati — 15,1 trln so‘m;
- Xorazm viloyati — 12,6 trln so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 12,4 trln so‘m;
- Buxoro viloyati — 11,6 trln so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 9,8 trln so‘m;
- Jizzax va Navoiy viloyatlari — 6,9 trln so‘mdan;
- Sirdaryo viloyati — 4,4 trln so‘m.
Mutaxassislar fikricha, sohadagi ikki xonali o‘sish turizm oqimining ortishi, mehmonxona va umumiy ovqatlanish shoxobchalari sonining ko‘payishi, shuningdek, xizmatlar sifati va qamrovining kengayishi bilan bog‘liq.
2025 yil yakunlari mamlakatda servis sektori barqaror rivojlanayotganini va iqtisodiyotda uning ulushi ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
12:39
Hududlar kesimida oziq-ovqat ishlab chiqarish: eng katta ulush Toshkent shahrida
07:36
Qaysi davlatlarda aholi poytaxtda jamlangan? (Xarita)
07:23 / 24.02.2026
Jahon miqyosida mis zaxiralari: Yer qa’rida qancha mis bor?
17:14 / 21.02.2026