O‘zbekiston | 09:32 / 25.02.2026
1248
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlar va ilm-fan hamkorligi uchun maxsus elektron platforma yaratiladi

“Tadbirkorlik sub’yektlari hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, 2026 yil 1 iyulgacha tadbirkorlar va ilmiy hamjamiyat o‘rtasida hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan maxsus elektron platforma ishlab chiqiladi.

Qaror (75-son, 2026 yil 23 fevral) bilan maxsus platformada qator imkoniyatlar nazarda tutiladi.

Yangi ishlanmalar bazasini elektron shaklda tashkil etish — unda yaratilgan yangi ishlanmalar bo‘yicha tadbirkorlar va investorlar uchun batafsil ma’lumotlar joylashtiriladi.

Ilmiy izlanuvchilar va tadqiqot mavzulari reyestrini yuritish — ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha ishlanmalar mualliflari hamda tadbirkorlar uchun ochiq ma’lumotlar maydoni yaratiladi.

Tadbirkorlarga ilmiy tadqiqotlar orqali yechim topilishi zarur muammolarni platformaga kiritish imkoniyati beriladi.

Shuningdek, 2026 yil 1 avgustga qadar mazkur maxsus platforma “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasiga integratsiya qilinishi belgilandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid