Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, bo‘lajak tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 fevral kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni tavallud kuni bilan tabrikladi.
Davlat rahbari Turkiya yetakchisiga mustahkam sog‘lik va farovonlik, davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, qardosh turk xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Prezidentlar, shuningdek, Ramazon oyi bilan bir-birini dildan qutladilar.
O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini joriy yil yanvar oyida Anqara shahrida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi
Davlatlararo hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishining natijalari ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘targani ta’kidlandi.
Ishlab chiqilgan "yo‘l xaritalari" asosida kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.
Mavzuga oid
10:24
Farg‘ona viloyatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
18:37 / 27.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi
14:41 / 27.04.2026