Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Londonda shahzoda Edvard bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Londonda shahzoda Edvard bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbatda Markaziy Osiyo mamlakatlari rasmiy delegatsiyalari vakillari hamda Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan talabalar ham ishtirok etdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Londonda shahzoda Edvard bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari rasmiy delegatsiyalari vakillari hamda Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan talabalar ishtirok etgan. Suhbat davomida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni jamiyatda keng tatbiq etish masalalari muhokama qilingan.
Tadbir doirasida talabalar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglangan.
Shuningdek, tashrif chog‘ida Londonda saqlanayotgan noyob qo‘lyozma nusxalari bilan tanishish imkoniyati bo‘lgani bildirildi. Muloqotda Markaziy Osiyo mintaqasining boy madaniy-tarixiy merosi va umumiy intellektual boylikni asrash hamda targ‘ib etish muhimligi ta’kidlangan.
Vazirning qayd etishicha, bunday uchrashuvlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va gumanitar aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026