Jamiyat | 11:22
650
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 3 bolali uy xo‘jaliklari ulushi ortib bormoqda

Milliy statistika qo‘mitasining 2025 yilda o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, mamlakatda uch bolali uy xo‘jaliklari ulushi 19,6 foizga yetdi. Oxirgi o‘n yilda mazkur ko‘rsatkich bosqichma-bosqich o‘sib kelmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asosan, 2025 yilda O‘zbekistonda 3 bolali uy xo‘jaliklari ulushi 19,6 foizni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, 3 bolali oilalar ulushi o‘tgan yillarda quyidagicha bo‘lgan:

  • 2015 yil — 15,6 foiz;
  • 2020 yil — 16,9 foiz;
  • 2024 yil — 18,3 foiz;
  • 2025 yil — 19,6 foiz.

Keltirilgan raqamlar uch bolali uy xo‘jaliklari ulushi yillar davomida barqaror o‘sish tendensiyasini ko‘rsatayotganini anglatadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid