Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asosan, 2025 yilda O‘zbekistonda 3 bolali uy xo‘jaliklari ulushi 19,6 foizni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, 3 bolali oilalar ulushi o‘tgan yillarda quyidagicha bo‘lgan:

  • 2015 yil — 15,6 foiz;
  • 2020 yil — 16,9 foiz;
  • 2024 yil — 18,3 foiz;
  • 2025 yil — 19,6 foiz.

Keltirilgan raqamlar uch bolali uy xo‘jaliklari ulushi yillar davomida barqaror o‘sish tendensiyasini ko‘rsatayotganini anglatadi.